AkfaPro biznes-maktabining rasmiy saytiga hush kelibsiz

O’qishga qanday kirish mumkin?

Nomzodlar tanlovi 3 bosqichda amalga oshiriladi:

Biznes maktabga kirish uchun AkfaPro anketasini to’ldirib info@nextstep.uz pochta manziliga jo’natish lozim. Anketani bu yerdan yuklab olishingiz mumkin. Anketa jo’natilgach, nomzodlar, so’rovnomalari olinganligi haqida tasdiqlovchi javob xati oladilar.

Anketalar administratorlar tomonidan ko’rib chiqiladi. Shundan so’ng nomzod ikkinchi bosqichga o’tgan yoki o’tmaganligi haqida xabardor etiladi.

Keyingi bosqich insho yozish bosqichi. Nomzodlarga ikkinchi bosqich vaqti va joyi ma’lum qilinadi.

Ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar suhbatga taklif etiladi. Tinglovchilar bilan suhbat yashash joyi bo’yicha o’tkaziladi.

Natijalar 2017 yil 15 avgust kuni e’lon qilinadi.

O’qish 2017 yil 2 sentabr kuni boshlanadi.