AkfaPro biznes-maktabining rasmiy saytiga hush kelibsiz

AKFA kompaniyalar guruhi

Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan AKFA kompaniyalar guruhi ishlab chiqarishning turli sohalariga ixtisoslashgan bo’lib, O’zbekiston va jahon bozoriga sifatli va xaridorgir mahsulotlarini taqdim etib kelmoqda.

Xususiy kapital va zamonaviy texnologiyalarni qo’llashga asoslangan kompaniyalar guruhi tarkibidagi o’nlab zavod, fabrika va korxonalarda 11 000 nafardan ziyod xodim mehnat qilmoqda.

2003 yilda tashkil etilgan mazkur kompaniya nafaqat navqiron va iqtisodiyoti zamon talablariga muvofiq shiddat bilan o’zgarib borayotgan mamlakatimizda, qolaversa, dunyo miqyosida ishlab chiqarish va ish yuritish nuqtai nazaridan yetarli tajribaga ega.

Kompaniya tobora rivojlanib, yangi-yangi tarmoqlar bilan kengayib bormoqda. Ayni paytda qandolat va un mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi yo’nalishga asos solindi. Bundan tashqari, davolash va eng murakkab jarrohlik amaliyotlarini o’tkazish imkonini beruvchi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan klinika, diagnostika markazi ham tashkil etilgan.

Hamkorlar bilan birgalikda kompaniyaning media guruhi ham tashkil etilgan bo’lib, u o’z ichiga xususiy radioeshittirish stantsiyasini, davriy nashrlar va «Zo’r TV» televizion kanalini olgan.

Har qanday kompaniyaning yuksalishi, kelajagi va iqtisodiyotdagi ulushi unda faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarning bilimi, kasbiy salohiyati va madaniy saviyasiga bog’liq. Mana shu ehtiyojni ta’minlash maqsadida joriy yildagi guruh faoliyati

doirasida xususiy o’quv markazining ochilishi rejalashtirilgan. Mazkur o’quv markazi munosib infratuzilmaga va 457 o’rinli sinf jamg’armasiga ega bo’lib, korporativ, hududiy boshqaruv va boshqa yo’nalishlar bo’yicha mutaxassislar tayyorlash, kompaniyalar guruhi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga xizmat qiladi.

O`qishga topshirish?

Brendlarimiz

xodimlar fikri

Buronov Sardor

Akfa kompaniyasining Eksport departamenti boshlig’ining o’rinbosari

Ismim Sardor, taxminan 6 yildan beri Akfa kompaniyadi xodimiman. Akfa kompaniyasida ishlab, juda ko’p tajribaga ega bo’ldim.

Batafsilroq
Sobirov Sherali

Artel televizorlarni ishlab chiqarish bo’yicha direktor o’rinbosari

Men 2011 yil Artel savdo belgisi ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonaga ombor xodimi sifatida ishga kelganman. 2012 yildan boshlab shu korxonada ombor mudiri sifatida faoliyatimni davom ettira boshladim.

Batafsilroq
Mironova Veronika

ulgurji savdo bo’yicha buxgalteriya kuratori

Akfa shirkatida 6 yildan beri ishlayman. Bu davr ichida mutaxassis sifatida malakam oshdi. Sotuvlar bo’yicha buxgalter sifatida ish boshlab, ulgutji savdo bo’yicha buxgalteriya kuratori lavozimigacha ko’tarildim. Albatta bunda meni professional sifatida rivojlanib o’sib borishimni qo’llab-quvvatlagan kompaniyamizning hissasi katta.

Batafsilroq
Yakubova Shaxnoza
brend-menedjer Akfa

Ismim Shaxnoza, taxminan ikki yildan beri Akfa kompaniyasining xodimi bo’lib ishlayman. Nisbatan qisqa davr ichida bu katta va ahil oilaning butun ulkan samimiyatini his ettim.

Batafsilroq
Slaxutdinov Umid
TIF va eksportni rivojlantirish bo’yicha department boshlig’i o’rinbosari

Artel kompaniyasida TIF va eksportni rivojlantirish bo’limidagi yo’lim 2011 yil noyabr oyida hududiy menedjer yordamchisi vazifasidan boshlangan. Shu 5 yil ichida TIF sohasida bebaho bilimlarga, eng muhimi, foydali ko’nikmalar va katta tajribaga ega bo’ldim.

Batafsilroq