AkfaPro biznes-maktabining rasmiy saytiga hush kelibsiz

“Hududiy menejer” dasturi

Dastur kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha 4 ta o’quv kursini o’z ichiga olgan:

Oylik kurs
144 Soat

Xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan mazkur kurs qisqa muddatda tinglovchilarga biznes boshqaruvi sohasidagi muammolarni samarali hal etish ko’nikmasini hosil qilish imkoniyatini beruvchi biznes ta’limning asosiy mashg’ulotlarini o’z ichiga olgan.

Uch oylik kurs
360 soat

Ushbu kurs tinglovchilarning malakasini oshirish va bilimlarini chuqurlashtirishga mo’ljallangan bo’lib, xodimlarning ish samaradorligini oshirishga, ishlab chiqarish muhiti va madaniyatini yaxshilashga, tashkilotning biznes jarayonlarini rag’batlantirishga, taraqqiyoti va raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.

Olti oylik kurs
684 soat

Ushbu kurs kadrlarni tezkor tayyorlash va malakasini oshirishga mo’ljallangan. Kursning o’quv rejasidan amaliy mashg’ulotlar nazariy darslarga nisbatan ko’proq o’rin olgan. Kurs davomida tinglovchilarga taqdim etilgan kompaniya boshqaruvining asosiy sohalari (vazifalari) orqali “biznesning tizimli tasviri” boshqaruv madaniyati saviyasini ko’tarishga xizmat qiladi.

Bir yillik kurs
1296 soat

Bu MBA (biznes boshqaruv magistri) tizimi, amaliy mashg’ulotlar va biznes-keyslarni qo’llash orqali kadrlar tayyorlash bo’yicha to’liq kursdir. Kompaniyaning kelajagi biznes olamidagi mavjud va yangi paydo bo’ladigan masalalarga samarali yechim topa oladigan salohiyatli kadrlarga ko’p jihatdan bog’liqdir. Demak, xodimlarni kasbiy tayyorlash kompaniya ravnaqi, moddiy va ma’naviy istiqboli uchun eng muhim shartlardan biri hisoblanadi. O’quv kursida mashg’ulotlar malakali hududiy menejerlarni tayyorlash, ular puxta egallashi lozim bo’lgan boshqaruv sohalari bo’yicha olib boriladi.

“Hududiy menejer” dasturi bo’yicha ta’lim olish uchun murojaat etadigan nomzodlarga qo’yiladigan talablar

Hududiy menejer mutaxassisligi bo’yicha o’qishga kirish uchun o’tkaziladigan tanlovda oliy ma’lumotli (bakalavr yoki magistr), mutaxassisligi bo’yicha tajribali yoki tajribasiz, 20 dan 40 yoshgacha, quyidagi fanlar bo’yicha bilimi bo’lgan shaxslar ishtirok etishi mumkin

  • Menejment asoslari
  • Marketing va sotuvlarni boshqarish
  • Moliya va buxgalterlik hisobi asoslari
  • Iqtisodiyot asoslari
  • Tadbirkorlik, shartnoma, tijorat va xalqaro huquq asoslari
  • Boshlang’ich darajadagi ingliz tili
  • Informatika asoslari.
Kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilar o’z hududlaridagi AKFA kompaniyalar guruhida, yakuniy attestatsiya natijalari bo’yicha o’z malakalariga mos ish bilan ta’minlanadilar.