AkfaPro biznes-maktabining rasmiy saytiga hush kelibsiz

«Texnik mutaxassislik» dasturi

Ushbu dastur Artel kompaniyalar guruhi uchun quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha texnik mutaxassislarni tayyorlaydi:

  • muhandis-konstruktor
  • muhandis-dizayner
  • 3D skanerida 3D modellarni yasash bo’yicha muhandis
  • prototip va maketlar yashash bo’yicha muhandis
  • muhandis-texnolog (yig’ish, bo’yash, oynaga ishlov berish)
  • plastmassa va rezinaga ishlov berish (quyish, ekstruziya) bo’yicha muhandis-texnolog
  • metallga (kesish, bosim orqali) ishlov berish bo’yicha muhandis-texnolog
  • termik va termo-kimyoviy ishlov berish (galvanika) bo’yicha muhandis-texnolog
  • payvandlash, qalaylash va yelimlab ulash bo’yicha muhadis-texnolog
  • muhandis-mexanik
  • infratuzilma (elektr, havo, gaz ta’minoti va hokazo) bo’yicha muhandis
  • elektronika, avtomatika va dasturlash bo’yicha muhandis-texnolog
  • sinovlar (iqlimiy, elektrik, mexanik, kimyoviy va hokazo) bo’yicha muhandis
  • standartlash, sertifikatlash va patentlash bo’yicha muhandis

«Texnik mutaxassislik» dasturi bo’yicha ta’lim olish uchun murojaat etadigan nomzodlarga qo’yiladigan talablar

Ushbu kurslarga 20 dan 40 yoshgacha bo’lgan, oliy yoki o’rta maxsus texnik ma’lumotli, yuqorudagi mutaxassisliklar bo’yicha tajribaga ega, hamda quyidagi fanlardan bilimi bo’lgan shaxslar qabul qilinadi:

  • algebra va geometriya
  • fizika
  • kimyo
  • muhandislik grafikasi va mashinasozlik chizmachiligi
  • mashinasozlikda qo’llaniladigan metal va qotishmalar, ularning tarkibi va xususiyatlari
  • mashinasozlikda qo’llaniladigan plastmassa va boshqa polimer materiallar
  • metallarga ishlov berish uslub va texnologiyalari
  • polimer materiallarga ishlov berish uslub va texnologiyalari
  • mashinasozlik texnologiyasi asoslari
  • texnik hisoblash uslublari
  • loyihalash tizimlari va uslublari
  • mashinasozlik sohasida ishlab chiqarishni konstruktorlik nuqtai nazardan tayyorlash jarayonini tashkillashtirishning uslub va metodlari
  • KHYaT (Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi) va ISO boy’cha konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish bo’yicha standartlar, texnik sharoitlar va boshqa qo’llanmalar
  • iqtisodiyot, mehnatni tashkil etish va boshqarish asoslari
  • atrof-muhit qonunchiligi, mehnatni himoya qilish qonun va me’yorlari.

Nomzodlar zamonaviy ofis dasturlaridan, ma’lumotlarni saqlash va almashish uchun telekommunikatsiya vositalaridan foydalanishni, o’z mehnatini to’g’ri rejalashtirib, tashkillashtirishni, o’zbek va rus tillarini bilishlari kerak (ingliz, xitoy, turk va boshqa tillarni bilish ayni muddao).

O’qishni muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilar “Artel” kompaniyalar guruhida ish bilan ta’minlanadilar.