AkfaPro biznes-maktabining rasmiy saytiga hush kelibsiz

Ta’lim dasturi va metodikasi

Biz biznes sohasidagi yangiliklarni doimiy kuzatib boramiz va zamonaviy biznes talablariga javob beradigan dolzarb dasturlarni taqdim etamiz. Ta’lim metodikasidagi jahon tajribasida erishilgan yutuqlar, yondashuvlar va dasturlarning amaliy jihatlari tinglovchilarga o’z salohiyatlarini namoyon etish, sanoatda yetakchi o’rinlarni egallash imkonini beradi.

O’quv kurslari davomida tinglovchilar markaz hamda yetakchi xorijiy mutaxassislar tomonidan tashkil etiladigan interfaol usuldagi mashg’ulotlarda ishtirok etadilar. Mashhur ishbilarmonlar biznesni tashkil etish, boshqarish sirlari va boshqa dolzarb mavzularda mahorat darslarini o’tkazadilar.

Dastur MBA tizimi asosida ishlab chiqilgan bo’lib, tinglovchilarga turli sohadagi bir nechta kompaniyalar tajribasi misolida biznesga oid ko’nikma va malakalarni hosil qilish, topilgan yechimlarni amaliyotga tatbiq etish usullari o’rgatiladi. Shuningdek, tinglovchilarda boshqarish ko’nikmalari va strategik fikrlash rivojlantiriladi, ish va shaxsiy muloqot uchun betakror muhit yaratish malakasi shakllantiriladi.

Dastur, MBA tizimi asosida ishlab chiqilgan bo’lib, tinglovchilarga topilgan yechimlarni o’z amaliyotlarida darhol tatbiq etish va turli xil sohadagi bir nechta kompaniya tajribasi misolida ko’nikma hosil qilish imkonini beradi, shu bilan birga, asosiy boshqarish ko’nikmalari va strategik fikrlashni rivojlantiradi, ish va shaxsiy muloqot uchun betakror muhit yaratadi.