AkfaPro biznes-maktabining rasmiy saytiga hush kelibsiz

O’quv markazi haqida

«Biz kutilgan natijalarni qo’lga kiritish uchun mas’uliyatni chuqur his etgan holda kompaniya xodimlarining kasbiy saviyasini (professional mahoratini) oshirishga tizimli ravishda yondashamiz. Bu biznesni rivojlantirishning strategik maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish imkonini beradi».

AkfaPro – dunyo standartlari darajasida biznes-ta’lim olish uchun qulay imkoniyatdir. AkfaPro nodavlat ta’lim muassasasi 2016 yil dekabr oyida malakali nomzodlarni tanlash, ishga olish, kadrlarni kasbga o’qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan bo’lib, AKFA kompaniyalar guruhining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.

AkfaPro - yosh mutaxassislarga mehnat faoliyatini yo’lga qo’yish va mansab pillapoyalarining yuqori pog’onasini egallash uchun ajoyib imkoniyatdir. Biznes-maktabini muvaffaqiyatli tugatganlar sertifikat bilan taqdirlanadi, bundan tashqari, tinglovchilar AKFA savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan qurilish mollari (radiatorlar, kompozit panellar, alyumin va PVX profillari hamda furnituralari), keng hajmdagi ARTEL maishiy texnika buyumlari hamda yangi AKFA FOOD LINE oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarida ish bilan ta’minlanadilar.

Maqsad

AKFA kompaniyalar guruhi: “Artel”, “Imzo”, “Akfa food line” va “Akfa med line” tomonidan ko’rsatilayotgan xizmat turlari va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zamonaviy bilim va texnologiyalarni joriy etish, yangi va ilg’or infratuzilma tashkil etish nodavlat ta’lim muassasasi (o’quv markazi)ning bosh maqsadidir.

Vazifalar

O’quv markazining asosiy vazifasi AKFA kompaniyalar guruhi mehnat jamoasini bilimli, izlanuvchan, bozor iqtisodiyoti hamda zamon talablariga moslashuvchan, Vatan va kompaniya ravnaqiga xizmat qilishni hayotiy maqsadi va shioriga aylantirgan raqobatbardosh kadrlar bilan ta’minlashdan iborat.

Biznes maktabining asosiy xususiyatlari:

  • amaliyotga, nazariy bilimlarni amalda qo’llashga e’tibor qaratish
  • bitiruvchilarni AKFA kompaniyalar guruhida ish bilan ta’minlash
  • ma’ruzachilar – amaliyotchi-mutaxassislar
  • biznes sohasidagi ommabop mavzular
  • korporativ loyihalarni amalga oshirish
  • ta’lim sohasida sifatli xizmat ko’rsatish

Ta’lim jarayonida tinglovchilarga mavjud ish tajribasini tizimlashtirish va real biznes masalalarini yechishga samarali yondashuv bilan bog’liq ko’nikmalarni shakllantirishga yordam beriladi, bu esa, mansab zinapoyalaridan yuqorilashda muhim ahamiyatga ega.

Ochiqlik va harakatchanlik

Biz bilimlarni baham ko’rishdan xursanmiz, shuning uchun saytlarimizda muntazam ravishda kompaniyaning rivojlanish jarayoni haqidagi maqolalarni e’lon qilib boramiz. Keng jamoatchilik va soha mutaxassislari davra suhbatlari, mahorat darslari va taqdimotlar orqali kompaniya biznesi haqidagi ma’lumotlardan boxabar etib boriladi.

Qulay sharoitlar

Bilim olish jarayoni insondan doimiy mehnatni, izlanishni, kuch va vaqt sarflashni talab etadi. Biz ta’lim jarayonini maksimal darajada qulay bo’lishini ta’minlaymiz. E’tiborli rahbarlar, kuchli bilim va tajribaga ega bo’lgan o’qituvchilar, zamonaviy qulayliklarga ega bo’lgan o’quv xonalari, boy kutubxona, yuqori tezlikdagi internet – bularning barchasi ta’lim jarayonini bayramga aylantiradi.

O’qish nihoyasiga yetib, diplom ishlari himoya qilinganidan va o’qishni muvaffaqiyatli bitirganlik haqida sertifikatlar olinganidan so’ng, biz bitiruvchilarimizni qo’llab-quvvatlashda davom etamiz, ularning malaka oshirishlarini ta’minlab, Markaz portali orqali online rejimda o’quv materiallarini taqdim etib boramiz.