AkfaPro Pro biznes-maktabining rasmiy saytiga hush kelibsiz

Muvaffaqiyat
kaliti

Tanlov haqida

Startup tanlovi AkfaPro biznes maktabining loyihasidir. Loyihaning asosiy maqsadi fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish, kelajakda startap yoki tayyor biznes uchun moliyalashtirish manbalarini izlab topishda ko’maklashishdan iborat. Ushbu loyiha yosh tadbirkorlarga yangi eshiklarni ochib, har bir shaxsga xususiy biznesini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi.

Tanlov maqsadi va vazifalari

  • Loyihalarni tanlov ishtirokchilarining g’oyalari asosida amalga oshirish;
  • Sanoat va tijorat yo’nalishlaridagi texnologiyalarni rivojlantirish;
  • Ishbilarmonlik muhiti va fuqarolar faolligini rivojlantirish;
  • Biznes loyihalashga manfaatdor tomonlarning e’tiborini qaratish;
  • Tadbirkorlar muhitining tashkil etilishiga ko’maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarining aprobatsiyasi (sinovdan yoki muhokamadan o’tib tasdiqlanishi)ga yordam berish;
  • Tadbirkorlik,hamda investitsion muassasalar, institutlar va davlat bilan o’zaro aloqalar o’rnatish masalalari bo’yicha kasbiy ko’nikmalar, nazariy va amaliy bilimlarning saviyasini oshirish;
  • Tadbirkorlik asoslarini o’rgatish va targ’ib etish;
  • Innovatsion vositalarni yo’lga qo’yish va rivojlantirishni rag’batlantirish;
  • Startaplarning ekspertlik va moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlanishi uchun munosib muhit yaratish.

Tanlov kimlar uchun?

Tanlovda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, o’z biznes loyihasini ishlab chiqishni, rivojlantirishni va uni yangi bosqichga ko’tarishni istaydigan tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin.

Hozirgi kunda startap loyihalaringizni hayotga tatbiq etish uchun eng manzur imkoniyatdir. Siz, biznes sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Biz hamkorlikka va o’z biznesingizni boshlashingiz uchun yordam berishga tayyormiz.

Hamkorlarmiz

Tanlovda qanday ishtirok etish mumkin?

1 bosqich
Ariza
  • Saytda ro’yxatdan o’tish orqali ishtirok uchun electron ariza berish

Ariza jo’natishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

  • Arizada ko’rsatilgan ma’lumotlar tijoriy yoki boshqa turdagi maxfiylikka ega emas, shaxsiy loyiha hisoblanadi va ariza beruvchilar biznes g’oya va loyiha haqidagi ma’lumotlarning uchinchi shaxslarga taqdim etilishi uchun rozilik bildiradilar;
  • Tanlov ishtirokchisi taqdim etilgan arizalardagi (startap loyihalaridagi) ma’lumotlarning tatbiq etilishini tashkilotchi ehtiyoriga topshiradi;
  • Arizada ilovasida 1-2 betda yozilgan go’ya haqidagi abstrakt fikr bo’lishi lozim, bu ilova asosida tanlov hay’ati 2-bosqichga yo’llanma beradi;
  • Tanlov natijalari bo’yicha e’tirozlar, appelatsiya, shikoyatlar qabul qilinmaydi.
2 bosqich
Taqdimot

Ikkinchi bosqichdga o'tgan ishtirokchilar Click tizimi orqali 1 000 000 so'm miqdorida to’lov amalga oshirishlari lozim.

Biznes loyiha tqdimoti MS PowerPoint formatida yoki video lavha ko’rinishida tayyorlangan bo’lib, quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi lozim:

  • Loyiha nomi va qisqa tavsifi;
  • Ishlatiladigan texnologiyalar, ularning yangilik darajasi, intellektual mulkni himoyalash bo’yicha qabul qilingan chora-tadbirlar haqidagi ma’lumotlar;
  • Bosqichdan muvaffaqiyatli o’tish uchun, realizatsiya strategiyasi va loyihaning biznes modeli (jumladan, sotuvlar bozori hajmi, raqobat muhiti, xom ashyo bazasi va hokazo) haqida ma’lumot kiritish tavsiya etiladi;
  • Loyihaning normativ-huququiy hujjatlarga muvofiqligi;
  • Potentsial investorlar uchun moliyaviy taklif (zarur moliyalashtirishning hajmi va shakli, xarajatlarni qoplash muddatlari, moliyaviy tahlil);
  • Tashkilotchilar, hamkorlar yoki mansabdor potentsial investorlar tomonidan ko’maklashishning ehtimoliy variantlari.

Tanlov bosqichi

  • 1Loyihani tadbirkorlar, olimlar, xodimlar, tashkilotchilarning o’zlari va boshqa soha mutaxassislaridan tashkil topgan eskpert kengashi baholaydi.
  • 2Baholash natijalari bo’yicha istiqbolli startap loyihalarining reyting ro’yhati tuzilib, hay’at qarori bilan tasdiqlanadi.
  • 3Keyinchalik, hay’at tomonidan ma’qul deb topilgan loyihalar Startup ma’lumotlar bazasiga yuklanadi va ulardan faqat investorlar foydalanish huquqiga ega bo’ladi.
O’z orzu-umidlaringizni amalga oshirish imkoniyatini boy bermang.